Atrofimdagi dunyo do‘zaxni eslatardi: o‘n yil mehribonlik uylarida yashash, zo‘ravonlik, mushtlashuvlar, g‘azab. Qo‘rqinchli tushlar va azobga to‘la tunlar.
Nelson tog‘a paydo bo‘ldi va meni darhol o‘z himoyasiga oldi. U Santa-Kruzdagi xaroba binolarni ta’mirlab berishimni istardi.
Men esa haqiqiy oila va oddiy hayotni orzu qilardim. Ammo baribir yolg‘iz qolardim. Hech kimga kerak bo‘lmagan, ezilgan holdasiga oldi. U Santa-Kruzdagi xaroba binolarni ta’mirlab berishimni istardi.
Men esa haqiqiy oila va oddiy hayotni orzu qilardim. Ammo baribir yolg‘iz qolardim. Hech kimga kerak bo‘lmagan, ezilgan holda.
Shayloga nima bera olardim? O‘zimning ezilgan qalbimning bir parchasidan boshqa hech narsa emasdi-ku? U meni sevmasligi kerak edi.
Menga faqat jarohatlarimdan oqib chiqayotgan g‘azabimni jilovlash qoldi, xolos. Meni yo‘q qilib yuborish arafasida turgan o‘tmish bilan hisob-kitob qilishim kerak edi.
SHAYLO
Aql, shijoat va ijodkorlik - mening davo vositalarim. Men kunlar va tunlarni zargarlik ishi bilan o‘tkazishga odatlanganman. E’tirofga sazovor bo‘lishga umid qilardim. O‘zim uchun yangi dunyo yaratish menga juda yoqardi. O‘z onang seni yomon ko‘rsa, qanday qilib omon qolish mumkin?
Odamlarga hashamat va zeb-ziynat ulashishni istardim. O‘zim esa ancha vaqtdan beri o‘z zulmatimga g‘arq bo‘lib qolgandim.
Men kim edim, otam kim edi - bularning barchasi sirligicha qolardi. Ko‘ksimda ulkan bo‘shliq paydo bo‘lgandi.
Ronan paydo bo‘lganida, aslida nimani xohlayotganimni angladim. Unga to‘la-to‘kis tegishli bo‘lishni. Bizni bir-birimizdan shunchalik uzoqlashtirganiga qaramay.
Ammo bu alangada yonayotganimda, muhabbat asiriga aylanishga yo‘l qo‘ymasligim kerak edi.
Zero, kuch topishning yagona yo‘li - qalbni berkitish...

