Quloq orqasiga taqiladigan eshitish apparati (tovush kuchaytirgich)
Yoshi ulug' odamlar uchun ixcham tovush kuchaytirgich. Uyda suhbatlashganda, dasturxon atrofida va televizor ko'rayotganda suhbatdoshning gapini aniqroq eshitishga yordam beradi — televizor ovozini butun oilaga baland qilish shart emas.
Afzalliklari
• Zaryadlanadi — USB kabel orqali, batareyka almashtirish shart emas
• Oddiy boshqaruv — ovoz balandligi korpusdagi g'ildirak orqali, telefon yoki ilova kerak emas
• Yumshoq silikon nasadkalar — quloqni qismaydi, komplektda bir nechta o'lcham
• Yengil — uzoq taqib yurganda ham bilinmaydi
• 3 xil rang — qora, po'lat-ko'k va oltin
Komplekt: apparat · almashtiriladigan silikon nasadkalar · USB zaryadlash kabeli · qo'llanma · quti
Diqqat: mahsulot tovush kuchaytirgich hisoblanadi va shifokor-surdolog maslahatini almashtirmaydi. Eshitish sezilarli pasaygan bo'lsa, mutaxassisga murojaat qiling.

