Qanday qilib zamonaviy va zukko bo‘lish mumkin?
Voyaga yetish va o‘zligini anglash — murakkab jarayon. Yolg‘izlik hamda hech qayerga tegishli emaslik hissi o‘smirlarni o‘ylamay qilingan ishlarga undashi, natijada ular ham o‘zlarini, ham atrofdagilarni qiynab qo‘yishi mumkin. Yoshlarga qanday yordam bera olamiz? Ushbu kitobda Shon Kovi (Sean Covey) o‘smirlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilib, o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish, ota-ona bilan munosabatlarni yaxshilash hamda muhim qarorlar qabul qilishni o‘rganish bo‘yicha samimiy va tushunarli maslahatlarni beradi. Kitob qiziqarli rasmlar, ajoyib g‘oyalar, ta’sirli iqtiboslar va butun dunyo bo‘ylab yashovchi o‘smirlarning hayotidan olingan hayratlanarli voqealar bilan boyitilgan. Shu bilan birga, unda kattalarga xos bo‘lgan zerikarli nasihatlar, ma’nosiz axloqiy o‘gitlar yoki yuqoridan qarash kabi narsalarga o‘rin yo‘q.

