Ushbu generatorlarimizni birma-bir tekshirish imkoniyati mavjud emas. Shu sababli ba'zan yaroqsiz bo‘lgan generatorlar ham uchrab turishi mumkin. Agar imkoningiz bo‘lsa, generatorni "UZUM topshirish punkti"da 18650 3.7V batareya yordamida tekshirib ko‘rishingizni tavsiya qilamiz.
Tekshirish jarayonida simlarning to‘g‘ri ulanganligiga ishonch hosil qiling. Simlarning noto‘g‘ri ulanishi generatorning ishlashiga ta’sir qilishi mumkin.
Agar "UZUM topshirish punkti"da generatorni tekshirishning imkoni bo‘lmasa va uyda tekshirganingizda generator yaroqsiz bo‘lib chiqsa, iltimos, darhol [Sotuvchiga yozish] tugmasi orqali biz bilan bog‘laning.
Biz sizga yaroqsiz generatorni qanday qilib qaytarish yoki o‘rniga boshqasini olish bo‘yicha batafsil tushuntirish beramiz. Muhimi, generator tashqi ko‘rinishiga zarar yetmagan bo‘lishi va undagi shtrix kod saqlangan bo‘lishi kerak. Bu yaroqsiz generatorni qaytarish jarayonini osonlashtiradi
3.7 volt 0.5A, 1A doimiy tokni impulsli transformator yordamidi 400kv (400000 volt) gacha kuchaytirib beruvchi modul. Uchqunlar masofasi 15mm, 20mm oralig’ida. Foydalanish vaqtida ehtiyot choralarini ko’ring, o’zingiz va atrofingizdagilar shikastlanishidan ehtiyot bo’ling. DIQQAT faqat o’quv quroli sifatida foydalaning!!!
800kV, 400kV va to'rtburchak 400kV generatorlarning chiqish uchqunlari chaqmoq ko'rinishda chiqadi. To'rtburchak 200kV generatorning chiqish uchquni plazma ko'rinishda bo'ladi. O'lchamlariga joylangan rasmcha chiqish uchkunlari ko'rsatilgan. 800kv generatorning korpusi uzunroq bo'ladi lekin uchqun chiqarishi 400kv dan sezilarli farq qilmaydi.
Modul hajmi kichikligi sababli ishlash vaqtida ichki issiqli tez oshib ketadi, ichki issiqlik meyyoridan oshmasligini oldini oling!
Kirish tokini noto'g'ri ulamang va yuqori kuchlanish ulashdan saqlaning!
Chiqish simlarini bir biriga tutashtirilgan holda ishlatmang!
Kirish toki 3.7 volt 2A oshmasligiga e'tibor bering! Shu holatda mo'tadil ishlaydi.
-1.1 Quvvat manbai tayyorlash:
- Generatorni ishlatish uchun past kuchlanishli litiy-ion batareyasi (2.5V–6V) kerak bo‘ladi. Kirish toki 3.7 volt 2A oshmasligiga e'tibor bering! Shu holatda mo'tadil ishlaydi.
- Batareyani oldindan to‘liq zaryadlash uchun TP4065 moduli ishlatiladi. Ushbu modul batareyani xavfsiz va samarali zaryadlash imkonini beradi.
-1.2 Ulanishlarni tekshirish:
- Quvvat manbai (+) va (-) terminallarini generatorning tegishli kirish qismlariga ulang.
- Chiqish terminallari orasida qisqa tutashuv yo‘qligiga ishonch hosil qiling.

-1.3 Quvvatni yoqing:
- Quvvat manbaini ulang va generatorni ishga tushiring. Generatordan 200kV dan 800kV gacha kuchlanish hosil bo‘ladi.
- Chiqish kuchlanishi hosil bo‘lishini kuzating (odatda uchqun yoki gaz yoritilishi orqali ko‘rinadi).
-1.4 Foydalanish jarayoni:
- Generatorni belgilangan maqsadlarda foydalaning (quyida qo‘llanilishi bo‘yicha ma’lumot berilgan).
- Qizib ketmasligi uchun generatorni qisqa vaqt oralig‘ida ishlating.
2.1 Xavfsizlik qoidalari:
- Generator chiqish kuchlanishi yuqori (200kV–800kV) bo‘lsa-da, tok kuchi past. Ammo bunday kuchlanish jiddiy zarar yetkazishi yoki hayot uchun xavfli bo‘lishi mumkin.
- Generatorni ishlatayotganda izolyatsiyalangan qo‘lqop va poyabzal kiyish tavsiya etiladi.
2.2 Izolyatsiya:
- Generatorni nam joylarda yoki metall yuzalarda ishlatmang.
- Chiqish terminallariga qo‘l tekkizmaslikka qat’iy rioya qiling.
2.3 Haddan tashqari ishlashdan saqlanish:
- Generatorni uzoq vaqt davomida ishlatib qizib ketishiga yo‘l qo‘ymang. Ishlash vaqti 5~10 soniyadan oshmasin. Ishlatish vaqtida 5 soniya ishlatib 1~2 daqiqa generatorni ishlatmang, bu vaqt oralig'ida generator ichki issiqligini sovutishga ketadi. Generator hajmi kichikligi sababli ichki issiqligi tez oshib ketadi. Ichki issiqligi oshishi sababli generator kuyadi!
- Quvvat manbai tavsiya etilgan kuchlanish va tokdan oshmasligi kerak. Kirish toki 3.7 volt 2A oshmasligiga e'tibor bering! Shu holatda generator mo'tadil ishlaydi.
2.4 Bolalar xavfsizligi:
- Ushbu qurilmani bolalar va tajribasiz foydalanuvchilardan uzoqda saqlang.
3.1 Havo ionizatsiyasi:
- Havo tozalash yoki ozon generatorlari yaratishda.
3.2 Laboratoriya tajribalari:
- Yuqori kuchlanish fizikasi, elektr maydonlari va plazma tajribalarida.
3.3 Neon chiroqlar va lampalar:
- Neon lampalar yoki gaz yoritgichlarni ishga tushirish uchun.
3.4 Tesla spirali va modellar:
- Mini Tesla spirallarini yoki boshqa yuqori kuchlanishli elektr modellarni yaratishda.
3.5 Zararkunandalarga qarshi moslamalar:
- Elektr chivin tutqichlari va zararkunandalarga qarshi qurilmalarni yaratishda.
3.6 Dekorativ maqsadlar:
- Uchqunli yoki yorituvchi dekorativ effektlarni yaratishda.
3.7 Ozon generatorlari:
- Havoni dezinfeksiya qilish va yomon hidlarni yo‘q qilish uchun.
3.8 Gaz plitalarini yoqish uchquni:
- Gaz plitalarida tabiy gazni yoqish uchun uchqun chiqaruvchi qurilma sifatida foydalanish uchun.
- Har doim yuqorida keltirilgan tavsiyalariga rioya qiling.
- Qurilma qismlari va quvvat manbaini muntazam ravishda tekshirib turing.
- Zarurat tug‘ilganda qo‘shimcha xavfsizlik vositalaridan foydalaning.
- Bu qo‘llanma generatorni xavfsiz va samarali ishlatishda yordam beradi.

