S572 yupqa layner yozish, chizish va mayda detallar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan. To‘plamda 9 ta yorqin rang mavjud bo‘lib, chiroyli va aniq rasmlar yaratishga yordam beradi. 0,5 mm uch qalinligi ingichka va toza chiziqlarni ta’minlaydi. Suv asosidagi siyoh to‘yingan rang beradi va qog‘ozdan kam o‘tadi . Rejalar yozish, sketchnig va bezak ishlari uchun juda mos. Qo‘lda qulay ushlanadi va uzoq ishlatishda ham qulaylik beradi. Tez quriydi va yozuv yoyilib ketmaydi. Maktab, ofis va ijodiy ishlar uchun mos keladi. Aniq va chiroyli yozish uchun a’lo tanlov hisoblanadi.

