Yumshoq yo'lbars o'yinchoq 65sm — bu nafaqat bolalar uchun sevimli do'st, balki uyingiz shinamligini oshiruvchi ajoyib interyer detali!
Xususiyatlari va afzalliklari:
- Xavfsiz va sifatli material: O'yinchoq tayyorlangan mato o'ta yumshoq, gipoallergen hamda bolalar salomatligi uchun mutlaqo xavfsiz. Ichki to'ldiruvchisi deformatsiyaga uchramaydi va shaklini uzoq vaqt saqlaydi.
- Ko'p funksiyalilik: Bu yo'lbarscha bilan o'ynash, xonani bezatish yoki uxlash paytida yastiq sifatida foydalanish mumkin.
- Ajoyib sovg'a: Tug'ilgan kun, bayramlar yoki shunchaki yaqinlaringizga xush kayfiyat ulashish uchun eng yaxshi tanlov.
- Parvarish qilish oson: Kir yuvish mashinasida nozik (деликатный) rejimda osongina tozalanadi va rangini yo'qotmaydi.
Uyingizga quvonch va shinamlik olib kiruvchi ushbu yo'lbars bilan o'zingiz va yaqinlaringizni xushnud eting!