The NOM brendining bin beglar uchun to‘ldirgichi — bu kengaytirilgan polistirol (EPS)dan tayyorlangan yengil va elastik granulalardir. Ular tanaga mukammal moslashib, maksimal qulaylik va tayanchni ta’minlaydi
To‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma
- Binbegning tashqi g‘ilofini oching
- Ichki qopni toping
- Uni ehtiyotkorlik bilan oching
- Plastik baklashkani ikki tomondan kesing (voronka hosil qilish uchun)
- Bir uchini to‘ldirgich paketiga, ikkinchi uchini ichki qop fermuariga joylashtiring
- To‘ldirgichni asta-sekin quying
- Vaqti-vaqti bilan qulaylik darajasini tekshirib turing
- To‘ldirgandan so‘ng barcha fermuarlarni mahkam yoping (OXIRIGACHA!!!)
Maslahat: yaxshisi ikki kishi bo‘lib bajaring — granulalar juda yengil va tez tarqalib ketishi mumkin