Tashmebel brendining ikki kishilik zamonaviy kravati vertikal relyefli yumshoq bosh qismi bilan yotoqxonangiz interyeriga o'zgacha shinamlik va hashamat bag'ishlaydi. Modelning och rangdagi mustahkam karkasi va yumshoq yon qismlari xonani vizual ravishda kengaytirib, har qanday dizayn yechimlariga mukammal mos keladi. To'plamga kiruvchi ortopedik ko'p qatlamli matras maxsus qoplamasi va yon chetlaridagi bezakli tasmalari bilan umurtqa pog'onasini to'g me'yorda tutib turadi hamda to'liq hordiq chiqarishni ta'minlaydi. Yuqori sifatli mato qoplamasi ishqalanishga va uzilishga chidamli bo'lib, parvarish qilishda juda qulay va uzoq yillar o'zining ilk ko'rinishini saqlab qoladi. Ushbu kravat yotoqxonada qulay va sog'lom uyqu hududini yaratish uchun eng maqbul tanlovdir.



