Onasi qizida ruhiy tushkunlik boshlangan deb o‘ylab, Hazelni mahalliy qo‘llab-quvvatlash guruhi yig‘inlariga borishga ko‘ndiradi.Bolalar esa yozuvchi bilan uchrashuvga yo‘l olishadi...nchi marta qayta o‘qishni afzal ko‘radi. Onasi qizida ruhiy tushkunlik boshlangan deb o‘ylab, Hazelni mahalliy qo‘llab-quvvatlash guruhi yig‘inlariga borishga ko‘ndiradi.
Qizga bu qaror yoqmaydi, ammo ota-onasi uchun chidab turadi. Ko‘p o‘tmay guruhga yangi a’zo - juda kelishgan yigit Avgust Uoters kelib qo‘shiladi. Yig‘ilishda Gus unut bo‘lishdan qattiq qo‘rqishini tan oladi. Bunga javoban Hazel Piter van Xutenning sevimli romanidan iqtibos keltiradi.
Yig‘ilishdan so‘ng Avgust va Hazel suhbatni davom ettirishadi va qiz o‘zining sevimli kitobi haqida so‘zlab beradi. Gus uni o‘qishga qaror qiladi, ammo noaniq yakun tufayli qattiq hafsalasi pir bo‘ladi. Hamma narsani oydinlashtirish uchun u yozuvchi bilan bog‘lanadi, ammo u uzoq javob beradi.
Xeyzel ham Piter van Xutenga xat yozadi. U barcha savollariga javob berishga va’da beradi, ammo buning sharti - qizning o‘zi Niderlandiyaga uchib kelishi kerak. Xeyzelning bunga na puli, na kuchi bor. Ammo Gus yordamga keladi. Bolalar esa yozuvchi bilan uchrashuvga yo‘l olishadi...

