O'spirinlik yoshida inson qalbi haddan ziyod ma'sum boʻladi. Shu qadar beg'ubor bir sevgiga talpinadi. Ogʻir xastalikka chalingan asar qah- ramonlari esa buni ikki karra teran his qilishib, hayotni qadrlash, har lahzani shodon o'tkazish payida boʻladilar. Ana shu chin insoniy tuyg'u o'quvchini ortidan ergashtiradi, umrning hech qachon ortga qaytmasligini ichkin anglatadi.

