Qizaloqlar uchun mo‘ljallangan ushbu zamonaviy yubkali to‘plam yozgi mavsum uchun ajoyib tanlov hisoblanadi. To‘plam tarkibiga qisqa yengli futbolka, sumkachasi va chiroyli yubka kiradi. Oqartirilgan futbolka “Angel” yozuvi hamda nafis bezaklari bilan yanada jozibali ko‘rinishga ega. Yeng qismidagi hajmli gullar kiyimga o‘zgacha nafislik va bayramona uslub beradi. Ko‘k rangli yubka esa gulchali naqshlari va mayin fasoni bilan qizaloqlarga juda yarashadi. Fudbolka va yupkani alohida boshqa kiyimlar bilan kanbizatsiya qilib ham kiyish mumkin.
Ushbu qizlar uchun kiyim yumshoq va yengil matodan tayyorlangan bo‘lib, bolaning nozik terisi uchun qulaylik yaratadi. Mato nafas oluvchi xususiyatga ega bo‘lgani sababli yoz kunlarida ham badanni bezovta qilmaydi. Elastik bel qismi bolaning harakatlanishiga xalaqit bermaydi va kiyib-yechishni osonlashtiradi. Kundalik foydalanish, bog‘cha, sayr, mehmon va fotosessiyalar uchun juda mos model hisoblanadi.
Yozgi kiyimlar orasida trend bo‘layotgan ushbu yubkali komplekt qizaloqlarga zamonaviy va yoqimli ko‘rinish beradi. Futbolka va yubka alohida ham kiyilishi mumkinligi sababli juda qulay va amaliy variant sanaladi. Sifatli tikilishi va chiroyli dizayni tufayli uzoq vaqt davomida o‘z ko‘rinishini saqlab qoladi.

