AIKO Medium yozuv stoli — o‘qish, ishlash va kompyuter o‘yinlari uchun qulay hamda universal yechim. Zamonaviy va minimalistik dizayni tufayli u uy interyeriga ham, ofis muhitiga ham oson moslashadi.
O‘lcham
• 90 × 50 sm, balandligi 82 sm
Karkasi mustahkam Rossiya po‘latidan tayyorlangan bo‘lib, kundalik foydalanishda barqarorlik va uzoq muddat xizmat qilishni ta’minlaydi. Metall qismi Turkiyaning Micropul bo‘yog‘i bilan qoplangan, bu esa tirnalish va zanglashdan himoya qiladi.
Stol usti Avstriyaning Kronospan LDSP materialidan tayyorlangan — mustahkam, chidamli va uzoq xizmat qiladigan material. Konstruktsiyada Italiya ishlab chiqarishidagi yashirin montaj stajkalari qo‘llanilgan, bu stolga silliq va estetik ko‘rinish beradi. Barcha birikmalar Turkiya ishlab chiqarishidagi mustahkam boltlar bilan mustahkamlangan.
AIKO Medium maktab o‘quvchilari, talabalar, ofis xodimlari va geymerlar uchun juda mos. Noutbuk yoki kompyuter bilan ishlash, o‘qish va kundalik vazifalar uchun qulay tanlov.
Stol yig‘ilgan holatda yetkazib beriladi — qo‘shimcha yig‘ish talab qilinmaydi.
Biz ishlab chiqaruvchimiz, AIKO kompaniyasi, shuning uchun mahsulot sifatiga ishonamiz va 12 oy kafolat beramiz.


