Farzandingiz necha marta darsini divanda yoki oshxona stolida qilgan?
Yoki o‘zingiz ish yoki o‘qishga joy izlab, hujjatlarni boshqa xonadan olib kelishga majbur bo‘lgansiz?
Endi bunga hojat yo‘q. VICTOR bilan o‘qish, ish va saqlash bir joyda jamlangan.
Endi darsliklar va hujjatlarni bir xonada saqlab, boshqa stol atrofida shug‘ullanish shart emas – hammasi o‘z joyida, bitta stolning o‘zida.
Funktsionallik – hammasi qo‘l ostida
– Keng stol yuzasi (120×55 sm) – noutbuk, kitob va daftarlar bemalol joylashadi.
– Yuqori polkalar – kitoblar va hujjatlar doim yoningizda. Katta kitoblar uchun polkani olib tashlasa bo‘ladi.
– Ikki tortma – daftar, gadjet va kichik buyumlar tartibli saqlanadi.
– Pastki shkafcha – kalit bilan yopiladi, shaxsiy narsalar xavfsiz.
– Qalam idishchalari – endi ruchkani uy bo‘ylab qidirmaysiz.
– Oval burchakli stol yuzasi – bolalar uchun xavfsiz, kattalar uchun qulay.
Alohida kitob javoni yoki shkaf sotib olish shart emas – VICTORning o‘zi hammasini o‘zida jamlaydi.
Sifat – bu ishonch
– Mustahkam LDSP korpus – uzoq yil xizmat qiladi.
– Metall furnitura – hech narsa bo‘shashmaydi, qiyshaymaydi.
– Dovotchikli mexanizmli eshikchalar – sekin va tinch yopiladi. Qattiq yopib ko'rmoqchimisiz? – baribir o'xshamaydi.
Hammasi bir narxda.
Bozorga borib vaqt yo‘qotish, yetkazuvchi yoki usta qidirish shart emas.
Biz o‘zimiz ishlab chiqaramiz, yetkazib beramiz va o‘rnatib qo‘yib ketamiz. Bir narx – uch xizmat.
Kimlar uchun?
Maktab o‘quvchisi, talaba yoki kattalar – kim bo‘lishingizdan qat’i nazar, sizga ham o‘z joyingiz kerak.
O‘qish, ish va saqlash – barchasi bitta stolning o‘zida.

