Oq plyonka doska — uyda, ofisda va bolalar ta’limi uchun yozish va chizishga mo‘ljallangan qulay mahsulot. Elektrostatik yopishishi tufayli sirtlarga yelimsiz va iz qoldirmasdan mahkamlanadi. Mat yuzasi marker bilan yozilganda oson yoziladi va tez tozalanadi. Plyonka doskani o‘zingizga kerakli o‘lchamda kesib foydalanish mumkin. To‘plam ichida (tanlangan o‘lchamga qarab) marker, pichoqcha, salfetka va shaffof mahkamlovchi skotch-stikerlar mavjud.
O‘zingizga kerakli o‘lchamni tanlang:
30×60 sm
45×300 sm
60×200 sm
60×300 sm
90×200 sm
90×300 sm
90×500 sm
Muhim eslatma (Komplektida):
45×300 sm va undan katta o‘lchamdagi to‘plamlar ichida marker, o‘chirish uchun salfetka, pichoqcha va shaffof mahkamlovchi skotch-stikerlar mavjud.
30×60 sm o‘lchamda esa plyonkaning o‘zi va shaffof mahkamlovchi skotch-stikerlari keladi (komplektda marker, salfetka va pichoqcha yo‘q).
Batafsil ma'lumot va qo‘llash yo‘riqnomasi pastda ↓
Oq marker doska plyonka — xonalarni, ish joyini yoki bolalar xonasini tezda taqdimot, o‘qish va ijod maydoniga aylantirish uchun eng zo‘r yechim. Mat yuzasi marker bilan yozilganda oson yoziladi va quruq latta yoki nam salfetka yordamida tezda tozalanadi.
Afzalliklari:
Yelimsiz texnologiya: Statik elektr kuchi bilan yopishgani uchun devor, oboy, shisha, kafel va shkaflarga zarar yetkazmaydi, ko‘chirganda aslo iz qoldirmaydi.
O‘lchamni o‘zingiz moslaysiz: Plyonkani qaychi yoki pichoqcha yordamida xohlagan hajmda qirqib, istalgan joyga o‘rnatishingiz mumkin.
Universalligi: Bolalar xonasida devorlarni chizishdan saqlash, ofisda rejalar tuzish, dars jarayonlari va oshxonada eslatmalar yozish uchun juda qo‘l keladi.
To‘g‘ri o‘rnatish bo‘yicha 4 oddiy qadam (Yo‘riqnoma):
Yuzani quruq mato yordamida chang va namlikdan tozalang (silliq va quruq yuzaga yaxshiroq yopishadi).
Plyonkani rulondan ehtiyotkorlik bilan oching.
Yuqori qismidan boshlab tanlangan sirtga tekis qo‘ying.
Markazidan chetlariga qarab qo‘l yoki yumshoq mato bilan tekislab, havo pufakchalarini chiqarib yuboring.
Muhim eslatma: Faqat oq doska markerlaridan foydalaning. Doska uchun mo‘ljallanmagan markerlardan foydalanmang

