• 6 oylikdan 18 oylikkacha
• Yumshoq HB mato
• havo o‘tkazuvchan va keng fason
• Pushti va qizil ranglardav
• Kundalik kiyish uchun qulay va yengil.
6 oylikdan 18 oylikkacha bo‘lgan qizaloqlar uchun mo‘ljallangan yozgi futbolka va shortik komplekti. To‘liq HB (paxta) matodan tayyorlangan bo‘lib, juda yumshoq, yengil va havo o‘tkazuvchan xususiyatga ega. Nozik bolalar terisini bezovta qilmaydi, issiq kunlarda ham tanani terlatmay, qulaylik yaratadi.
Komplekt kengroq fasonda tikilgani sababli qizalog‘ingiz bemalol harakatlana oladi, yugurish, o‘ynash va sayr qilish vaqtida hech qanday noqulaylik tug‘dirmaydi. Cho‘ntaksiz sodda dizayn kiyimga yanada chiroyli va bejirim ko‘rinish beradi. Futbolkaning erkin bichimi va shortikning qulay rezinkali beli bolajon uchun maksimal qulaylik yaratadi
Yoz mavsumi uchun bo‘lgan ushbu komplekt kundalik foydalanish, mehmondorchilik, bog‘cha, sayr va uy sharoitida kiyish uchun juda mos. Matosi sifatli bo‘lib, ko‘p yuvilganda ham rangini va shaklini yaxshi saqlaydiPushti va qizil ranglarda mavjud bo‘lib, qizaloqlarga juda yoqimli va chiroyli ko‘rinish beradi. Zamonaviy, qulay va nafis uslubni birlashtirgan ushbu kiyim har bir mitti malika garderobi uchun ajoyib tanlov.

