Quvnoq va o'yinqaroq o‘g‘il bolalar uchun yozgi kiyim to‘plami. Havo o‘tkazuvchan 100% paxta matosidan tayyorlangan. Qulay bichimi bolangizga erkin harakatlanish imkonini beradi. Uch xil qiziqarli tasvirda taqdim etilgan: quvnoq Labubu, superqahramon va yashil dinozavr — shunda bolangiz o‘ziga yoqqan uslubni tanlashi mumkin. Bolajoningiz ushbu to'plamni bolalar bog'chasi, sayr vaqtida va mehmonga borganida ham bemalol kiyishi mumkin. 90–120 o‘lchamlari mavjud bo‘lib, 1–4 yoshli bolalar uchun mos keladi.

