"Yovuz mitti kitob" — oddiy kitob emas, u jonli va biroz "sho'x" xarakterga ega. Kitob o'zini o'quvchiga "yovuz" qilib ko'rsatishga urinadi va ichidagi sirlarni hammaga ham ochgisi kelmaydi. Sahifadan sahifaga o'tish uchun o'quvchi kitob tayyorlagan turli qiziqarli jumboqlarni yechishi, topshiriqlarni bajarishi va mantiqiy savollarga javob topishi kerak. Agar xato javob berilsa, kitob o'quvchini adashgan sahifaga yuborib, "tuzoq"qa tushiradi. Muallif ushbu asar orqali hatto kitob o'qishni mutlaqo yoqtirmaydigan bolalarni ham mutolaa olamiga jalb qila olgan. Bu aqlli, qiziqarli va sarguzashtlarga boy o'yin-kitobdir.
Farzandingiz telefon yoki planshetdan bosh ko'tarmayotgan bo'lsa, unga ushbu kitobni sovg'a qiling. Kitobning o'zi bola bilan "gaplashishi" va uni o'yin kabi o'ziga tortishi gadjetlar o'rnini bosa oladi. "Family Book" do'koni taqdim etayotgan ushbu noodatiy asar farzandingiz uchun unutilmas va juda qiziqarli sovg'a bo'ladi.

