Qiz bolalar uchun nafis va chiroyli ko‘ylakcha. Oq rangli uzun yengli kofta va bordo rangli sarafandan iborat zamonaviy to‘plam qizingizga o‘zgacha joziba bag‘ishlaydi.

Sarafanning mayda naqshlari, nafis tugmalari, yoqimli quyoncha bezagi va bantiklari kiyimga yanada chiroyli ko‘rinish beradi. Kuz va bahor fasllarida kiyish uchun mos. Tug‘ilgan kun, bayramlar, mehmondorchilik va kundalik foydalanish uchun ajoyib tanlov. Qulay va zamonaviy dizayni bilan kichkina malikangizning garderobiga ko‘rk qo‘shadi.

