• Serum, husnbuzar, yallig'lanish, qizarish, qichishish, o'ta sezuvchanlik
• Barcha teri turlari jumladan muammoli sezuvchan teri uchun
Agar sizni husnbuzar bezovta qilib, teringiz "yaltiroq", ammo suvsizlanishni his qilsa, teringiz horg'in va sezuvchan bo`lsa … Bunda sizga Beauty of Joseon Glow Serum propolis va niatsinamidli jilobaxsh sivoratka yordam beradi.
Sivoratka 60% propolis ekstrakti va 2% niatsinamiddan iborat. Foydali tarkibi ravon, sof va jilobaxsh teri hosil qilish uchun yaratilgan. Bu esa husnbuzar paydo bo`lishining oldini oladi va teri tusini ravonlashtiradi.
1. Propolis ekstraktini teriga qanday foydasi?
Propolis ekstraktining asosiy foydasi - bu inson tanasi va terisi uchun yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega. Husnbuzar – bu yallig'lanish jarayoni bo'lib, ko'pincha uni tezda bartaraf qiladigan dorilar bilan davolashadi, oqibatida teri qurib, sezuvchan va umumiy holati sezilarli darajada salbiy tomonga o`zgaradi. Husnbuzarlar bilan dorilarsiz samarali kurashishda, propolis ekstrakti bilan boyitilgan sivoratkani siz uchun tavsiya etamiz.
2. Qanday qilib sivoratka terini ravonlashtiradi?
Propolis ekstraktining yana bir xususiyati – bu dog'lar bilan kurashib ularni oqartirish. Suningdek sivoratka tarkibidagi 2% niatsinamid terini ravonlashtiradi.
3. Sivoratkadan so'ng yopishqoqlik hissi paydo bo'lmaydimi?
Shuningdek, propolisli sivoratka Beauty of Joseon brendining qolgan ikki turdagi sivoratkalari singari, yengil, yoqimli tuzilishga ega bo'lib, u darhol teriga singib, yog'li porlash va yopishqoqlikni qoldirmasdan, teriga yorqin jilo beradi. .
4. Nima sababdan sivoratka “tillarang” da? Bu bo'yoqmi?
Sivoratka xavfsiz va sof tarkibdan iborat bo'lib rangi tabiiydir, shuningdek mahsulotda suniy bo'yoqlar mavjud emas!
5. Mahsulotda o'ziga xoslikni qanday ajratish mumkin?
· suv o'rniga asosiy faol moddaning gidrolati ishlatilgan;
· teri uchun zararli bo'lgan barcha xususiyatlar chiqarib tashlangan: parabenlar, mineral moylar, PEG, sun'iy ranglar, ifor va boshqalar;
· qonunchilikka muvofiq allergik reaksiyaga olib kelishi mumkin bo'lgan barcha zararli xususiyalar chiqarib tashlangan;
· xavfsiz toza mahsulot;
· hayvonlarda sinovdan o'tkazilmaydi.

