• Bolalar uchun pled
• Uyda foydalanish uchun pled
• O‘smirlar uchun pled
• Zichlik-220grm/m2
Yorishib turuvchi pled – oilangiz uchun shinamlik va xavfsizlik.
Borliqning jajji tadqiqotchilari, shuningdek ularning ota-onalari uchun maxsus ishlab chiqilgan yorishib turuvchi noyob pledni e'tiboringizga taqdim etamiz! Bu pledda mayinlik, xavfsizlik va qulaylik mujassam bo‘lib, bu uyg‘unlik uni butun oilangiz uchun ideal tanlovga aylantiradi.
Asosiy afzalliklar:
- Bolalar uchun xavfsizlik: Pled hatto eng ta'sirchan bolalar uchun ham mutlaqo xavfsiz bo‘lgan gipoallergen materiallardan tayyorlangan. U sifat va xavfsizlik bo‘yicha barcha standartlarga muvofiqlik yuzasidan qat'iy sinovlardan o‘tgan.
- Mayinlik: Pledning yuzasi nihoyatda mayin va badanga xush yoqadi, shu sababli u qulaylik va shinamlik hissini yaratadi. Farzandingiz bu pled ostida o‘tkazilgan har bir lahzadan lazzat oladi.
- Tez qurish: Maxsus texnologiyalar tufayli pled matosi yuvilganidan keyin tezda quriydi, bu uni tezda yana ishlatish imkonini beradi.
- Rangi o‘chmaydi: Ko‘p marta yuvilganidan keiyn ham rangi yorqin va tiniq bo‘lib qolaveradi. Pled birlamchi ko‘rinishini uzoq vaqt saqlab qolishiga ishonchingiz komil bo‘lsin.
Ushbu yorishib turuvchi pled har qanday yoshdagi inson uchun ajoyib sovg‘a bo‘ladi va kundalik hayotga fusunkorlik bag‘ishlaydi. Pledimiz bilan o‘tkazadigan har bir lahzangiz iliqlik va qulaylikka to‘la bo‘lsin!
- Uyda, dalahovlida, mashinada va tabiat qo‘ynida foydalanish mumkin.
Yorishib turuvchi pled bilan qulaylik haqida qayg‘uring!

