YUPQA CHIT MATO SIFATIDA QILINGAN YO'RGAK. O'chami 110 x 100 sm
Yo‘rgaklar (pelyonkalar) chaqaloq parvarishida faqat ularni o‘rash bilan cheklanib qolmaydi. Ular juda ko‘p qirrali bo‘lib, kundalik hayotda quyidagi maqsadlarda keng qo‘llaniladi:
Tinch uxlashi uchun (O‘rash): Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar o‘z harakatlaridan (Moro refleksi tufayli) cho‘chib uyg‘onib ketmasliklari uchun ularni yengil o‘rab qo‘yish uyqu sifatini yaxshilaydi.
Choyshab va to‘shama sifatida: Bolalar karavotiga, beshikka, konitelka (kolyaska) ichiga yoki massaj va shifokor ko‘rigiga borganda taglik sifatida to‘shashga juda qulay.
Cho‘miltirishdan keyin: Yumshoq paxtadan qilingan yo‘rgaklar namlikni tez shimadi, shuning uchun ulardan sochiq o‘rnida ham foydalanish mumkin.
Issiqlikdan himoya qilish: Yoz kunlarida qalin ko‘rpachalar o‘rniga chaqaloq ustiga yengilgina yopib qo‘yish uchun ayni muddao.
Emizish paytida to‘siq: Ko‘chada yoki jamoat joylarida bolani emizish to‘g‘ri kelsa, ona o‘zini va bolani to‘sib olishi uchun ishlatishi mumkin.
Yelkaga tashlash (Kekirganda himoya): Bolani emizib bo‘lgandan keyin havo chiqarishi (kekirishi) uchun tik tutib turilganda, kiyimlarni bulg‘anishdan asrash uchun yelkaga tashlab olinadi.


