• Muqovasi; Yumshoq
Yo‘l harakati qoidalarini o‘rganish, YHQ bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash va haydovchilik imtihoniga tayyorlanish uchun mo‘ljallangan kitoblar.
Kartochkada 4 xil kitob varianti mavjud: yo‘l harakati qoidalari, avto testlar, suratli sharhlar va 1000 masalali variantlar.
Kitoblar YHQ, yo‘l belgilari, chorrahalar, yo‘l vaziyatlari, test savollari va amaliy masalalarni o‘rganishda yordam beradi.
Har bir variant alohida sotiladi — kartochka 4 ta kitobdan iborat to‘plam emas.
Buyurtma berishdan oldin kerakli kitob rasmini tanlang. Narx va xususiyatlar aynan tanlangan variantga tegishli.
Yo'l harakati qoidalariga suratli sharhlar 2026 - “Yo‘l harakati qoidalari”ni atroflicha o‘rganish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va uni bartaraf etishda haydovchilarga sifatli bilim berish maqsadida yaratilgan bo‘lib, yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlashga yordam beradi.
Mualliflar “Yo‘l harakati qoidalari”ga sharhlar asosida sakkiz yuzdan ortiq bezakli rasmlar bilan murakkab yo‘l harakati vaziyatlarini sodda qilib tushuntirishga harakat qilganlar.
Qo‘llanma malaka oshirish tinglovchilari, haydovchilar, piyodalar, haydovchilik guvohnomasi olish uchun nomzodlarga va keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.
Dunyoda hech narsa mukammal bo‘lmagandek, ushbu o‘quv qo‘llanma ham baʼzi bir kamchiliklardan holi bo‘lmasligi mumkin, albatta.

