Avto maktab daftari — haydovchilikka nomzodlar uchun mo‘ljallangan amaliy o‘quv qo‘llanma. Kitob 2025-yilda yangilangan Yo‘l harakati qoidalari asosida tayyorlangan bo‘lib, nazariy bilimlarni mustahkamlash va imtihonga tayyorlanishda foydalanish uchun qulay. Ichida yo‘l belgilari, harakatlanish qoidalari, turli vaziyatlarga oid topshiriqlar va mashqlar jamlangan. A4 format, 80 bet hajmida bo‘lib, kundalik o‘qish va yozib ishlash uchun mos. Avtomaktab o‘quvchilari, haydovchilik guvohnomasini olishga tayyorlanayotganlar hamda YHQ bilimlarini takrorlashni istaganlar uchun tavsiya etiladi.

