• 3 yoshdan katta bolalar uchun
5 talik to'plam mavjud. To'plam ichida turli xildagi qahramonlar mavjud. Bo'yalmagan holatda
10 talik to'plam mavjud. To'plam ichida turli xildagi qahramonlar mavjud. Bo'yalmagan holatda
Bolalar uchun bo‘yashga mo‘ljallangan ushbu dekorativ figura ijodkorlikni rivojlantirish va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish uchun ishlab chiqarilgan. Mahsulot qiziqarli qahramon shaklida tayyorlangan bo‘lib, bolalarning diqqatini tortadi va ularni telefondan chalg‘itishga yordam beradi. Konturlari aniq lazer kesim orqali ishlangan, bu bo‘yash jarayonini oson va qulay qiladi.
Figura bo‘yoqlar, flomasterlar yoki rangli qalamlar bilan bo‘yash uchun juda mos. Sirtining tekisligi rangni yaxshi qabul qiladi va bo‘yoq bir tekis yotadi. Mahsulot mustaqil turishi uchun taglik bilan jihozlangan bo‘lib, bo‘yab bo‘lingach xonani bezash yoki javonga qo‘yish mumkin.
Tabiiy materialdan tayyorlangani sababli bolalar uchun xavfsiz hisoblanadi. Ijodiy mashg‘ulotlar orqali tasavvur, mayda motorika va ranglarni farqlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Uy sharoitida, bog‘cha yoki maktabgacha ta’lim muassasalarida foydalanish uchun qulay.
Xususiyatlari:

