Tabiiy yog‘ochdan tayyorlangan zamonaviy va qulay oshxona anjomlari to‘plami har bir oshxonada foydali yordamchi bo‘ladi. To‘plamga 5 ta oshxona lopatkasi va ularni saqlash uchun qulay taglik kiradi. Taglik yordamida barcha anjomlar har doim tartibli va qo‘l ostida bo‘ladi.
Oshxona anjomlari tabiiy yog‘ochdan tayyorlangan bo‘lib, sog‘liq uchun xavfsiz va kundalik foydalanish uchun juda qulay. Yog‘och lopatkalar idishlarning yuzasini tirnamaydi, shuning uchun antiprigar qoplamali qozon va tovalar uchun juda mos keladi.
Ushbu to‘plam qulaylik, ekologik tozalik va chiroyli dizaynni birlashtiradi va oshxona interyeriga ham juda yaxshi mos tushadi.
✔ tabiiy yog‘och
✔ ekologik va xavfsiz material
✔ idish yuzasini tirnamaydi
✔ qulay saqlash tagligi
✔ oshxona uchun zamonaviy aksessuar

