Yetakchi bo‘lishni istagan har bir inson amal qilishi kerak bo‘lgan 21 ta qoida! Agar siz hali yetakchilik tamoyillari bilan tanish bo‘lmasangiz, ushbu kitob buyuk kelajak sari muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. Agar siz allaqachon tajribali yetakchi bo‘lsangiz, u shaxsiy samaradorligingizni yanada oshirishga yordam beradi. Mashhur muallif Jon Maksvell har bir bobda yetakchilikning muayyan bir qoidasi mohiyatini ochib beradi hamda boshqalarning muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklari misolida ushbu qoidani o‘z hayotingizda qanday qo‘llash mumkinligini ko‘rsatib o‘tadi. Maksvellning inkor etib bo‘lmaydigan qoidalarini o‘rganar ekansiz, quyidagilarni yodda tuting: bu qoidalar yetakchilik poydevorini tashkil etadi bu qoidalar yetakchi bilishi kerak bo‘lgan barcha narsani o‘rgatadi bu qoidalarni amaliyotda qo‘llash oson bu qoidalar haqiqiy natija beradi.

