• Tabiiy mahsulot
«YAXSH!» brendi guruch yetishtirishning eng yaxshi an’analariga rioya qilingan holda yetishtirilgan, afsonaviy o‘zbek guruchi – CHUNG‘ORA’ni taqdim etadi. Ushbu nav o‘z nomini yetishtirilgan joyi – O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona viloyati So‘x tumani hududida joylashgan Chung‘ora (Cho‘ng‘ora) qishlog‘idan olgan. Guruchning bu noyob navi sog‘lom turmush tarzi va parhez taomlari uchun mukammal tanlovdir. Maxsus, an’anaviy ishlov berish tufayli don tabiiy vitaminlar va minerallarni maksimal darajada saqlab qoladi. «Chung‘ora» guruchi o‘rtacha glikemik indeks va yuqori kletchatka (tolali modda) miqdori bilan ajralib turadi, bu esa uglevodlarning sekin so‘rilishiga yordam beradi. Ushbu xususiyatlari tufayli u qondagi qand miqdorini nazorat qiluvchi (qandli diabet bilan og‘rigan) odamlarga, shuningdek, qulay va sog‘lom ovqat hazm qilish tizimiga ega bo‘lishni istaganlarga tavsiya etiladi

