Sirli qotillikni fosh etganidan so‘ng Pippa erishgan detektivlik shuhrati ortda qolgandek, u endi bor e’tiborini o‘qish, podkast va universitetga hujjat topshirish ishlariga qaratishi mumkin edi. Ammo... hech qachon "hech qachon" demang. Yaqin dugonasining yigirma to‘rt yoshli akasi Jeymi Reynolds sirli holatda izsiz g‘oyib bo‘ladi. Politsiya hech qanday chora ko‘rmaydi; axir, yigitning xayolidan nimalar o‘tganini kim ham bilardi? Pippa mustaqil ravishda qidiruv ishlarini boshlaydi; u bu tergov yana o‘sha sokin ingliz shaharchasi aholisining qorong‘u sirlarini fosh etishini oldindan sezadi. Shunga qaramay, endi uni to‘xtatib bo‘lmaydi. Asosiy maqsad — kech bo‘lmasdan turib Jeymini topish...

