Yashil milya, Stiven King
"Yashil milya" nimani bildiradi? Nega adib bu asarni shunaqa nomlagan?
Gap shundaki, AQSHda 1890-1976-yillarda juda xavfli jinoyatchilarni elektr kursida qatl etish qonunan amalda bo‘lgan. Bunday mahbuslar aynan elektr kursi joylashgan xonaga juda yaqin kameralarda saqlangan. Bu kameralar bilan elektr kursi joylashgan xonaning oralig‘ida masofa mahbuslar tilida “milya”, - "Ajal yo‘lagi" deb atalgan. Adib ham ushbu asarini aynan shu ma’noda "Yashil milya" "Yashil ajal yo‘lagi" deb atagan.
Ushbu roman "Sovuq tog‘"da- hozirgi "Jorjiya Payns" qariyalar uyida istiqomat qiluvchi Pol Ejekombi - Luiziana jazoni ijro etish muassasasining sobiq nazoratchisi - tilidan aytilgan. Pol do‘sti Eleyn Konneliga 50 yil oldin sodir bo‘lgan voqealar haqida gapirib beradi. Asar o‘sha davrdagi ijtimoiy vaziyatni yorqin ifodalab beradi.
Saxifa-462
Muqova qattiq
So'ng
Saxifa-255
Muqova qattiq

