Kitob haqida:
Metyu Makkonahi - taniqli Gollivud aktyori, rejissyor, ssenariy muallifi va prodyuseri. "Oskar" va "Oltin globus" mukofotlari sovrindori. Ellik yoshdan oshgan san’atkor o‘zining yana bir iste’dodini muxlislar bilan baham ko‘rishga qaror qildi va "Yashil chiroq" kitobini taqdim etdi.
Makkonaxining o‘zi ta’kidlaganidek, bu klassik ma’nodagi xotiralar emas. Bu, asosan, uning shaxsiy hayotidan olingan misollar bilan ibratli suhbatdir. Shuningdek, bu hayotga bo‘lgan muhabbat izhoridir. Kitobda aktyorni hayratga solgan, kuldirgan, o‘yga toldirgan muvaffaqiyatlar va muvaffaqiyatsizliklar, quvonch va qayg‘ular, narsalar haqida qaydlar mavjud.
Bu na va’z, na maslahatlar to‘plami emas. Metyu vaqt o‘tishi bilan o‘zi anglab yetgan haqiqatlar haqida so‘z yuritadi. Qanday qilib halol bo‘lish mumkin. Qanday qilib stressni kamaytirish mumkin. Qanday qilib zavqlanish mumkin. Qanday qilib atrofdagilarga kamroq azob berish mumkin. Qanday qilib yaxshi inson bo‘lish, maqsad sari intilish va o‘zligingni saqlab qolish mumkin.
Muallif tomonidan hikoya qilingan bir taqdir tarixi, xuddi do‘st bilan suhbat kabi, ilhomlantiradi, yoqimli fikrlar va xotiralarga chorlaydi. Sen yashil chiroqni ko‘ra olsang, doimo muvaffaqiyatga erishish yo‘lida bo‘lishingni tushuntiradi. Keng kitobxonlar ommasini qiziqtiradi.

