Loran Gunel Fransiyaning eng mashhur besh nafar badiiy adabiyot yozuvchisi qatoridan joy olgan. Uning yangi kitobi «Yashashni o‘rgangan kunim» deb nomlanadi. Tasavvur qiling-a, bir kuni lo‘li ayol kaftingizga qarab, xavotir bilan jimib qoladi; sizning qistashingizdan so‘nggina u javob berishga rozi bo‘ladi. Bu javob juda dahshatli: «Siz tez orada vafot etasiz». Gunel romanining bosh qahramoni Jonatan uchun dunyo butunlay o‘zgarib ketadi. Garchi shifokorlar unda hech qanday kasallik alomatini aniqlamagan bo‘lsalar-da, u okean bo‘yidagi tog‘lar va tepaliklar bag‘rida bir necha hafta vaqt o‘tkazishga qaror qiladi. U ilk bor hech qayerga shoshilmaydi.

