Hayotimiz cheklangan makon va vaqt doirasida kechadi; bu cheklovlar esa o‘ziga xos muammolarni keltirib chiqaradi. Bir kun yoki butun bir umr davomida nimalarni qilishimiz yoki nimalarni qilmay qoldirishimiz kerak? Qanchalik tartibsizlikka ko‘nikishimiz lozim? Yangi mashg‘ulotlar va bizga allaqachon tanish bo‘lgan sevimli ishlar o‘rtasidagi qanday muvozanat eng katta qoniqish bag‘ishlaydi? Bular faqat insongagina xos muammolardek tuyulishi mumkin, ammo aslida unday emas: kompyuterlar ham xuddi shunday cheklovlarga duch keladi, shu bois kompyuter sohasi mutaxassislari o‘nlab yillar davomida aynan shu kabi muammolarning o‘zlariga xos talqinlari ustida bosh qotirib kelmoqdalar. Ular topgan yechimlar esa bizga ko‘p narsani o‘rgatishi mumkin.

