Yarim avtomat kir yuvish mashinasi sentrafuga qopqog‘i — kir yuvish mashinasining quritish (sentrafuga) bo‘limida ishlatiladigan muhim himoya detal hisoblanadi. Ushbu qopqoq kiyimlarni siqish jarayonida barqaror ushlab turadi, ularning noto‘g‘ri harakatlanishini oldini oladi va sentrafuga mexanizmining xavfsiz ishlashini ta’minlaydi.
Qopqoq maxsus teshikli konstruksiyaga ega bo‘lib, suvning erkin chiqib ketishiga imkon beradi va siqish jarayonini samarali qiladi. Mahsulot mustahkam va sifatli plastik materialdan tayyorlangan, yuqori aylanish tezligiga, namlikka va uzoq muddat foydalanishga chidamli.
Ushbu detal sentrafuga ichki qismini himoya qiladi, kiyimlarning teng taqsimlanishiga yordam beradi va kir yuvish mashinasining samarali va xavfsiz ishlashini ta’minlaydi. Turli yarim avtomat kir yuvish mashinalari modellariga mos keladi.

