Pelyonkalar muslin matosidan tayyorlangan.
O‘lchami: 100 × 105 sm
To'plamda: 3 dona
Katta o'lchamda tikilganligi uchun sizga va bolangizga qulaylik yaratib beradi. Yuvganda rangi o'chmaydi shaklini o'zgartirmaydi. Bolaning qulayligi va xavfsizligini ta’minlagan holda yo‘rgaklash uchun juda qulay. Kundalik foydalanish, aravacha va karavotcha uchun mos keladi.
Shuningdek, siz o‘g‘il bolalarga ham, qiz bolalarga ham juda mos keladigan ranglarda sotib olishingiz mumkin.
To'plamdagi yo‘rgaklarni nafaqat kundalik hayotda, balki tug‘ruqxonadan chiqishda, krovatchada, sayr paytida choyshab yoki issiq paytda yengil adyol sifatida ham ishlatishingiz mumkin.
To‘plamdan foydalanishdan oldin uni ehtiyotkorlik bilan yuvish tavsiya etiladi. Chaqaloqni hayotining dastlabki kunlaridanoq yumshoqlik va g‘amxo‘rlik bilan o‘rab oling.

