Kichkintoyingiz uchun qulaylik va yoqimli dizayn bir to‘plamda! Ushbu 3 qismli to‘plam (bodi, shim va shapkacha) yumshoq ribana paxta matodan tayyorlangan bo‘lib, chaqaloqning nozik terisi uchun juda qulay. Sevimli ayiqcha printi va yorqin sariq rangi bolajoningizga yanada yoqimli ko‘rinish beradi. Kundalik foydalanish, sayr, mehmonchilik va fotosessiyalar uchun ajoyib tanlov.

