Ushbu kitob talabalarga matematik tushunchalarni imkon qadar ixcham va sodda tarzda takrorlash hamda puxta o‘zlashtirishga yordam beradi. Kitobdagi yigirmata bobning har biri "New SAT" imtihoni uchun zarur bo‘lgan muayyan guruhdagi matematik tushunchalarni o‘rgatadi. Har bir bob asosiy tushunchalarni tasvirlar va diagrammalar yordamida tushuntirib beruvchi darslarni o‘z ichiga oladi. Muhim atamalar qalin shriftda ajratib ko‘rsatilgan. Asosiy atamalar va tasvirlar yonida, endigina o‘rgangan tushunchalaringizni qo‘llashga doir to‘liq yechimli misollarni topasiz. Yoningizda qalam va qog‘oz tayyorlab qo‘ying.

