• Toza va muvozanatli tovush 24 Vt
• Smart uy uchun ichki Zigbee Hub
• Alisa orqali ovozli boshqaruv
• Wi-Fi, Bluetooth va Multirum bilan ishlaydi
• O‘zbek, rus, qozoq va turk tillari qo‘llab-quvvatlanadi
• LED yoritgich
• Radio enaga
• Taksi buyurtmasi
• O‘zbek, rus, ingliz, turk tillarida so‘zlasha oladi
Yandex Stansiya Midi — bu ixcham korpusda Alisa yordamchisi va 24 Vt quvvatli kuchli ovozga ega bo'lgan yandex stansiya. Neyron protsessorga o'tilgani tufayli Stansiya Midi so'rovlaringizni tezroq qayta ishlaydi. Bu esa, alisa kalonka buyruqlarga yaxshiroq javob berishini va odamlarni ovozidan aniqroq tanishini anglatadi.
Vaqt, ob-havo va Alisaning reaksiyalarini ko'rsatadigan LED-displey, shuningdek, faol konturli LED-yoritgich bilan jihozlangan. Ushbu mini kalonka ichiga o'rnatilgan Zigbee™ boshqaruv xabi tufayli aqlli uyni hatto internetsiz ham ovoz orqali boshqarish imkonini beradi¹. Wi-Fi® (2,4 va 5 GGs) va Bluetooth® 5.0 simsiz aloqa tizimlari mavjud.
Bu kalonka mini bo'lishiga qaramay, yaqqol baslarga ega 24 Vt quvvatli ovoz taqdim etadi. Maxsus Stansiya Midi uchun ishlab chiqilgan yuqori va past chastotali dinamiklarning kombinatsiyasi sevimli musiqangizdan maksimal zavq olishingiz uchun yanada keng va tiniq ovozni ta'minlaydi². Room Correction texnologiyasi ovozni xonaning shakli va hajmiga moslashtiradi — kalonkani istalgan joyga qo'ying, ovoz o'zi moslashadi.
Kalonka Alisa juda ko'p narsani biladi: u siz so'ragan musiqa, audiokitoblar va podkastlarni topib beradi² hamda qiziqishlaringizga qarab tavsiyalar tanlaydi. 4 ta sezgir mikrofon hatto katta va shovqinli xonada ham buyruqlaringizni aniq qabul qiladi.
Har qanday interyer uchun zamonaviy dizayn
