• Zarchava moddalar almashinuvini tezlashtirib, yog‘larni parchalaydi, shishlarni kamaytiradi va ishtahani me’yorda ushlab, ozishga yordam beradi.
Maydalangan zarchava – yorqin oltin tusga ega, engil o‘tkir hidli, biroz achchiq va shirin nozik ta’mga ega ziravor bo‘lib, oshxona va tabobat tarkibining ajralmas qismi sanalib, antibakterial, yallig‘lanishga qarshi va antioksidant xususiyatlariga boy bo‘lishi bilan birga ovqat hazm qilishni yaxshilash, immunitetni mustahkamlash va umumiy salomatlikni qo‘llab-quvvatlashdagi shifobaxsh xususiyatlari bilan keng qo‘llaniladi.

