Kitob haqida
Aleksandr Polyarniyning "Yalpizli ertak" asari — millionlab kitobxonlar mehrini qozongan samimiy, sokin va ta'sirchan qissadir. Bu bolalar uyida voyaga yetgan Soyer ismli bolakayning ulg'ayishi, chinakam mehr izlashi, og'ir ayriliqlari va qalb orzulari haqidagi hikoyadir.
Kitob mayin sokinlik, mehr nafasi, sog'inch va yalpizli choy ifori bilan yo'g'rilgan. Qisqa lavhalar, samimiy dialoglar va o'y-xayollar kitobxonni qahramonning ichki olamiga olib kiradi. Muallif yaqinlar bilan o'tkazilgan har bir lahzani asrab-avaylash naqadar muhimligini eslatadi.
Nafis bezatilgan ushbu nashr mutolaa jarayonini yanada yoqimli qiladi. Bu yoshlar va iliq, his-tuyg'ularga boy adabiyotni sevuvchi barcha kitobxonlar uchun ajoyib tuhfadir.

