📌 Kitob nomi: Yaldo kechasi
📌 Muallif: Xayriddin Sulton
📌 Til: O‘zbek
📌 Yozuv: Kirillcha, lotincha
📌 Muqova: Qattiq
📌 Sahifalar soni: 464
📌 Qisqacha mazmun:
Manbalarga ko‘ra, yaldo kechasi yilning tuni eng uzun bo‘lgan kun sanalib, u taxminan 21-22 dekabr sanalariga to‘g‘ri keladi. “Yaldo kechasi” romani “O‘tkan kunlar” romani kabi to‘laqonli, qayg‘uli, shu bilan birga nekbin asar, – dedi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid. – Asarni o‘qigan odam beixtiyor tarix bilan yuzlashadi. Bu g‘aroyib roman boshdan oxir millatparvarlik, Vatanga muhabbat, xalqqa sadoqat tuyg‘ulariga yo‘g‘rilgan.Roman haqida adiblarimiz Ibrohim G‘afurov, Erkin A’zam, Tursunali Qo‘ziyev, Shuhrat Sirojiddinov, Bahodir Karimov, Nurboy Jabborov, Shuhrat Rizayev, Jabbor Eshonqul, Murtazo Qarshiboyev, Xondamir Qodiriy, G‘ayrat Majid, G‘afur Shermuhammad, Ikrom Iskandarov singari ijodkorlar o‘z fikrlarini bildirganlar. Mashhur “O‘tkan kunlar” romanining davomi sifatida yozilgan bu asar avvalo Abdulla Qodiriy va uning safdoshlari shaxsiga yuksak ehtirom namunasi o‘laroq, dunyoga kelganini ta’kidlash joiz.
📌 Kitobni yo‘qotmaslik uchun savatchaga qo‘shing! 🛒

