• Issiqlikni samarali tarqatadi
• Dvigatelni toza saqlaydi
• Dvigatelning xizmat muddatini uzaytiradi
• Shahar va ekstremal harakatlar uchun mos
• Tejamkorlikni oshiradi
• 100% Sintetik asosdagi yuqori sifatli 4T mototsikl moyi
• Haroratga va yuklamaga chidamli formulasi
YACCO MVX 1000 4T 10W50 — bu yuqori sifatli 100% sintetik asosdagi mototsikl moyi bo‘lib, 4-taktli dvigatellarning intensiv ishlash sharoitlarida maksimal himoya va samaradorlikni ta’minlaydi. Bu moy Fransiyaning YACCO kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, yillar davomida o‘zini sport, harbiy va sanoat texnikasida ishonchli mahsulot sifatida namoyon etgan.
YACCO MVX 1000 4T ayniqsa ekstremal harorat va yuklamalarda barqarorlikni ta’minlaydi. U issiqlikni mukammal darajada tarqatadi, sovutadi va dvigatel ichidagi ishqalanish elementlarini ishonchli himoya qiladi. Bu esa dvigatelning uzoq muddat xizmat qilishiga va yoqilg‘i samaradorligining oshishiga olib keladi.
Ushbu moy shuningdek dvigatel ichida hosil bo‘ladigan iflosliklar va qoldiqlarning to‘planishini oldini oladi, uning tozalik darajasini saqlab turadi va xizmat oralig‘ini uzaytiradi. Shuningdek, sovuq ishga tushirishda ham dvigatelni tez va oson ishga tushirishga yordam beradi, bu esa ayniqsa sovuq iqlimli hududlar uchun muhimdir.
Professional motosportdan oddiy shahar harakatigacha – YACCO MVX 1000 4T har qanday holatda ishonchli yechim bo‘lib xizmat qiladi. Uning universal formulasi shahar, yo‘l va yo‘ldan tashqari sharoitlarda foydalanuvchilar uchun mos keladi.
Agar siz dvigatelingizni uzoq muddat xizmat qilishini xohlasangiz va maksimal samaradorlikni istasangiz – bu moy aynan siz uchun.

