"XXI asr uchun 21 ta dars" - dunyoning 50 tiliga tarjima qilingan "Sapiens. Insoniyatning qisqacha tarixi" va "Homo Deus. Kelajakning qisqacha tarixi" bestsellerlari muallifi Yuval Xararining uchinchi kitobidir. Unda qirq uch yoshli tarix professori, zamonamizning eng yorqin mutafakkiri deb atalayotgan shaxs bugungi kun muammolariga murojaat qilgan. .Zamonaviy dunyoda nimalar sodir bo‘lmoqda va bu voqealarning tub mohiyati nimadan iborat? Nima uchun liberal demokratiya inqirozni boshdan kechirmoqda? Soxta xabarlar epidemiyasiga qarshi qanday kurashish kerak? Kompyuter algoritmlari quliga aylanib qolmaslik uchun nima qilish lozim? Ekologik inqirozning oldini olish mumkinmi? Darhaqiqat, dinga qaytish yuz berayaptimi? Terrorizmga qarshi qanday kurashish kerak? Yangi jahon urushi bo‘ladimi? .XXI asrda insoniyat oldida turgan muammolarga munosib javob topa olsa, Yer sayyorasi va uning aholisi keyingi asrda mavjud bo‘lishi mumkin.

