Bu — butun dunyo bo‘ylab ellikta tilda nashr etilgan «Sapiens: Insoniyatning qisqacha tarixi» va «Homo Deus: Ertangi kunning qisqacha tarixi» kabi bestsellerlar muallifi Yuval Xararining uchinchi kitobidir. Ushbu asarda zamonamizning eng o‘tkir zehnli mutafakkirlaridan biri sifatida e’tirof etilgan qirq uch yoshli tarix professori bugungi kunda biz duch kelayotgan masalalarga e’tibor qaratadi.
Zamonaviy dunyoda nimalar sodir bo‘lmoqda va bu voqealarning tub mohiyati nimada? Nima uchun liberal demokratiya inqirozga yuz tutdi? Soxta xabarlar (feyk-nyus) epidemiyasiga qarshi qanday kurashish kerak? Kompyuter algoritmlarining quliga aylanib qolishdan qanday saqlanish mumkin? Ekologik halokatning oldini olishning iloji bormi? Diniy qarashlarning qayta kuchayishi haqiqatan ham kuzatilmoqdami? Terrorizmga qarshi qanday kurashamiz? Yangi jahon urushi yuz beradimi?

