📌 Kitob nomi: Xusnixat arab alifbosida, Boshlangich arab tili darslari
📌 Til: O‘zbek
📌 Yozuv: Kirillcha
📌 Muqova: Yumshoq
📌 Sahifalar soni: 64
📌 Qisqacha mazmun:
Xusnixat arab alifbosida
Xusnixat — Qur’oni karimni o‘qish va yozishni o‘rganishga tayyorlovchi metodik qo‘llanma bo‘lib, arab yozuvi asosida tuzilgan. Kitobda arab alifbosining harflari tartib bilan joylashtirilgan, har bir harfning ko‘rinishi, yozilishi va talaffuzi alohida misollar bilan tushuntirilgan. Nasx yozuvi asosida tuzilgan sahifalar orqali o‘quvchi yozma savodxonlikka erishadi. Har bir dars 15 daqiqalik bo‘lib, bolalar uchun qulay metodik yondashuv taklif etiladi. Kitob Qur’oni karimni yozib o‘rganish orqali tezroq yodlash va to‘g‘ri talaffuz qilishga yordam beradi. Har bir harf ustida yozish mashqlari, o‘qish uchun matnlar va audio qo‘llanmalar mavjud. 📦 Kitob sifati va texnik xususiyatlari - Nashr yuqori poligrafik standartlarga muvofiq tayyorlangan bo‘lib, o‘quvchiga estetik zavq va maksimal qulaylikni taqdim etadi. - Format: A4 — o‘qish va saqlash uchun qulay - Muqova: Laminatlangan yumshoq — mustahkam, elegant va uzoq muddatli foydalanishga yaroqli.
Boshlangich arab tili darslari
Qo‘lingizdagi kitob farzandlaringizga arab tilini o‘qishni o‘rgatish uchun yordamchi qo‘llanmadir. Arab alifbosida 28 ta harf bor. Arab alifbosi bizning harflardan o‘qilishi, yozilishi, ya’ni o‘ngdan chapga yo‘qilishi, bosh hamda kichik harflari yo‘qligi, har bir harf so‘z boshida, o‘rtasida va oxirida keladigan shakllarga egaligi jihatidan farq qiladi.
Kitobimizda harflar (tovushlar)ni o‘rganish oddiylikdan murakkablikka bosqichma-bosqich o‘tish usuli asosida amalga oshiriladi.
Kitob farzandlaringiz uchun quvnoq yoki maroqli vaqt o‘tkazish xususiyatiga ega emas, balki uning vazifasi bolaning o‘qish texnikasini to‘g‘ri egallashga va o‘zlashtirib olishiga qaratilgan.
Muallimi soniy – Ushbu qo‘llanma Qur’oni karimni to‘g‘ri o‘qish va arab alifbosini o‘rganishni niyat qilgan o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, tajvid qoidalari, harflarning mahrajlari hamda 30-poraning tilovatini o‘z ichiga oladi.
Qo‘llanmada zangori, qizil, ko‘k va havo ranglar orqali idg‘om, ixfo, iqlob, tafxim, qalqala kabi tajvid qoidalari hamda vaqf belgilar (lozim, joiz, vasl afzal va boshqalar) batafsil bayon qilingan.
Asosi bo‘yicha qayta ishlangan bu kitob sodda uslubi va oson o‘zlashtiriladigan tuzilishi bilan bir asrdan ortiq vaqt davomida ilm talabalarining qalbidan joy olib, doimiy ravishda qayta nashr qilinmoqda.
Qo‘llanmada 30-poraning tilovati tajvid qoidalariga muvofiq ranglar bilan belgilangan, shuningdek, QR-kodlar orqali ovozli tarjima va tilovat taqdim etilgan bo‘lib, bu o‘quvchilarga bir vaqtning o‘zida o‘qish va eshitish imkonini beradi.
Kitob Qur’oni karimni chuqur o‘rganishga intiluvchilar uchun muhim manba bo‘lib, ma’naviy tarbiya va dinni o‘rganishga xizmat qiladi.
📌 Kitobni yo‘qotmaslik uchun savatchaga qo‘shing! 🛒

