Versace Man Eau Fraiche — erkaklar uchun atirlar orasida eng toza va yengil ochilishlardan biri. Limon, bergamot va greypfrut birinchi soniyalardanoq salqin, sersuv yangilik beradi, badiyon esa unga yumshoq ziravor tus qo'shadi. Issiq kunda, ishga va uzoq kunlar uchun aynan shunday atir kerak — og'ir emas, lekin yaxshi seziladi.
Aromat piramidasi yangi sitrus, mevali va yog‘ochsimon akkordlarning uyg‘unligiga qurilgan. Uning toza va zamonaviy xarakteri o‘ziga ishongan erkak obrazini to‘ldirib, har qanday uslub bilan uyg‘unlashadi. Minimalistik, nafis va yoqimli hidlarni qadrlaydiganlar uchun yaxshi tanlov.


