💯% tabiiy mumdan yasalgan nafis sham original shisha gilzada, qo‘l mehnati bilan tayyorlangan epoksi qatroni va gipsdan yasalgan sham tutqichi bilan birga taqdim etiladi.
Aromatik sham joylashgan shisha gilza epoksi qatronidan tayyorlangan va ichki tomoni gips bilan ishlov berilgan sham tutqichiga ehtiyotkorlik bilan joylashtiriladi.
✔️ Eritilmaydi
✔️ Deformatsiyalanmaydi
✅ Shamni faqat shisha yoki metall gilza ichida yoqing.
✅ Shamni bir marotaba 30 daqiqadan ortiq yoqmang.
✅ Har foydalanishdan oldin fitilni qisqartiring (ayniqsa alangasi balandlashsa).
❌ Shamni gilzasiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sham tutqich ichida yoqish qat’iyan taqiqlanadi!
Olov sham tutqichi chetlariga tegmasligi kerak.
🚫 Sham tutqichi qizib ketmasligi lozim.
Sham gilzasidagi sham to‘liq yonib bo‘lgach, boshqa shakldagi shamlarni ham ishlatishingiz mumkin — xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda.
Sharcha (Shar): 6 × 8.5 sm — 257 g
Kolonna: 8 × 6.5 sm — 372 g

