• Ekologik toza mahsulot. 100% kokos mumi. Qo'lda ishlangan
Gips shamdondagi xushbo'y sham sizning interyeringizni bezatadi va butun uyni ajoyib hid bilan to'ldiradi! Qo'lda tayyorlangan ushbu sham uchun faqat yuqori sifatli tabiiy mahsulotlaridan foydalaniladi.
Sham asosi kokos mumidan qilingan. Shirali ifor uchun Candleskines va Rossiya brendlari aromatizatorlaridan foydalanilgan. Shamdonlarni ham yuqori sifatga ega ekologik mahsulot bo'lgan gipsdan tayyorlangan. Shamning tayyorlanishi shamdonlardan boshlab to qadoqlangunga qadar mehr bilan qo'l mehnati orqali eng sifatli va ekologik toza xom ashyolardan foydalangan holatda tayyorlangan.
Shamni ishlatib bo'lganingizdan so'ng shamdondan bemalol interyer uchun bezak idish yoki taqinchoqlar uchun quticha sifatida foydalanishingiz mumkin. Buning uchun shamdonni muzxonaga qoying va bir oz muddatdan so'ng tagidagi mumni ko'chirib olib, shamdonni quruq salfetkada artib tashlang.
To'plam bir dona shamdan iborat bo'lib, idish shakli va rangi har qanday interyerga mos keladi.
Mehmonxona va yotoqxonada dekoratsiya uchun ishlatiladi.
FOYDALANISH KO'RSATMALARI:
Bir vaqtning o'zida 2 soatdan ko'proq vaqt davomida yoqilgan holatda qoldirmang.
2 soat yonib turgandan so'ng, shamni o'chirishingiz kerak, uni qopqoq bilan yoping (bu yoqimli hidni saqlab qoladi) va mumning to'liq qotib qolishini kuting, shunda sham uzoqroq yonadi va qizib ketmaydi.
Qayta ishlatishdan oldin, biz shamni 3-5 mm gacha kesishni tavsiya qilamiz, shunda sham tutamaydi va olov tekis yonadi.
Tabiiy mum harorat o'zgarishiga juda moyil, shuning uchun saqlash vaqtida iforli shamlarni haddan tashqari qizdirmang yoki haddan tashqari sovutmang, bu sifatga ta'sir qilishi mumkin. Turli marosimlar, tug'ilgan kunlar, 8 mart kuni sovg'alar uchun mo'ljallanmagan

