Ushbu xrustal gullar bo‘lib, yengil va mustahkam tuzilishga ega. Osmonrang, pushti va shaffof, turli ranglarda tovlanadigan variantlari mavjud. Yorug‘lik tushganda xrustal toshlari chiroyli jilolanib, buyumlarga nozik ko‘rinish bag‘ishlaydi.
Qo‘l ishlarida keng qo‘llaniladi: sirg‘a va brasletlar yasash, soch uchun bezaklar (zakolka, obodok) tayyorlash, bluzka, ko‘ylak va kardiganlarni bezashda juda mos. Shuningdek sumkalar, aksessuarlar va skrabuking (scrapbooking) ishlarida ham foydalanish mumkin.

