Kitob haqida:
Xalqaro bestsellerlar muallifi Xolli Blekning qorong‘u fantaziya janridagi mashhur "Havo xalqi" romanlar seriyasining ikkinchi qismi!
Hokimiyat uchun kurashda ko‘plab qiyinchiliklarni yengib o‘tib, Feyrilendga rahbarlik qila olgan o‘lik qiz haqidagi betakror hikoya. Endi u asosiy qarorlarni qabul qiladi va qirolni manipulyatsiya qiladi. Jud o‘zining asosiy raqibi Kardanni unga bir yilu bir kun bo‘ysunishga va’da berib, o‘ziga bo‘ysundirishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo hammasi shunchalik osonmi? U na ittifoqchilari, na do‘stlari bo‘la turib, xavfli o‘yinga qo‘l urdi. Shunday qilib, Jud o‘ziga so‘zsiz ishongan kishilar orasida xoin paydo bo‘lganini va yaqinlari xavf ostida ekanini bilgach, muhim qaror qabul qilishga majbur bo‘ladi va, ehtimol, o‘yinning barcha qoidalarini o‘zgartirishi mumkin. Qizaloq bunday mushkul vaziyatdan qanday chiqib ketadi? Ayniqsa, Kardan Feyrilendning barcha aholisi o‘ylaganidek zaif va irodasiz qirol emas ekan...
"Yovuz qirol" GR talqiniga ko‘ra 2019-yilning eng kutilgan kitobiga aylandi! "Shafqatsiz shahzoda" nomli mashhur romanning davomini o‘qing..

