Eng yaxshi asrning eng yaxshi jangchisi!
U shunday muhojirki, hijrat kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yig‘ilganlarni muborakbod etib:
- Makka sizga jigarini yubordi!
U shunday rahbarki, Haq yo‘lida hech qachon uxlamagan, ortidan ergashganlarni ham uxlatmagan!
U shunday sarkardaki, qo‘l ostidagi qo‘shin hech qachon mag‘lubiyat nimaligini bilmagan!
U Islomning shoni, musulmonlarning faxri va fathlarning sababchisi, Rasulullohning hamrohi va Allohning qilichi!
"XOLID IBN VOLID" tarixiy romani sizga bu afsonaviy qahramon haqida so‘zlab beradi.
Har bir sahifa - olovli jang, har bir bob - ilhom va fidoyilik, har bir jumla yuragingizni tez-tez urishga majbur qiladi!
Bu kitob shunchaki tarix emas, jasorat, iymon va sadoqatning shonli dalilidir.

